Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

MLS kuz-bahor taqvimiga o‘tishi mumkin

MLS kuz-bahor taqvimiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

MLS direktorlar kengashi taqvimga o‘zgartirishlar kiritishga va kuz-bahor tizimiga o‘tishga, shu tariqa Yevropaning yetakchi ligalari bilan sinxronlashishga tayyor.

Bundan tashqari, ligada yagona jadval joriy etilishi mumkin, ammo beshta divizion bilan. Hozir jamoalar ikkita - Sharqiy va G‘arbiy konferensiyaga bo‘lingan.

Klublar egalari bu o‘zgarishlar 2026 yildan kuchga kirishini istashgan, biroq rasmiy ovoz berish hali o‘tkazilmagan.

Kuz-bahor tizimiga o‘tish MLSga dunyoning aksariyat mamlakatlarida asosiy va qo‘shimcha transfer oynasiga mos kelish imkonini beradi, deb ishoniladi.

MLSning muntazam chempionati iyul yoki avgustdan aprelgacha davom etishi, pley-off esa may oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Chempionatdagi tanaffus dekabr va yanvar oylarida ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 13:20, 13.11.2025.
O'qildi: 370 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.