Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Runi APLning joriy mavsumidagi eng yaxshi uch nafar futbolchini sanab berdi

Runi APLning joriy mavsumidagi eng yaxshi uch nafar futbolchini sanab berdi

Baho:
+ | -

Ueyn Runi joriy Premyer-liganing eng yaxshi futbolchilarini aytib o‘tdi.

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisidan eng yaxshi uch o‘yinchini tanlash so‘ralgan.

"Semenyo. Menimcha, u "Bornmut" uchun ajoyib o‘ynadi va o‘tgan mavsumda ko‘rsatgan formasini saqlab qoldi.

Men Brayan Mbemoni ham aytaman. U "Manchester Yunayted"da juda yaxshi harakat qilmoqda, garchi mavsum boshlanishi qiyin bo‘lgan bo‘lsa ham. Menimcha, u juda yaxshi.

Mening uchinchi tanlovim Viktor Dyokeresh bo‘lishi mumkin. "Arsenal"ga bir necha yillardan beri "to‘qqizlik" hujumchi kerak edi, endi esa Dyokeresh keldi. Uning ish ahloqi, qat’iyati, to‘pni ushlab turish qobiliyati – hammasi yaxshi va u bir necha gol urdi.

Bular mening eng yaxshi uchtaligim" - dedi Runi Amazon Prime Video bilan suhbatda.

Kiritildi: 22:23, 19.11.2025.
O'qildi: 1375 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик