Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Maykl Ouen: «Instinkni jadvalda tasvirlash ilojsiz»

Maykl Ouen: «Instinkni jadvalda tasvirlash ilojsiz»

Baho:
+ | -

O‘ziga xos tezligi va intellekti tufayli zamonasining tengsiz hujumchilaridan biriga aylangan Maykl Ouen futbolchilik faoliyatini yakunlagach ham e’tibordan tushgani yo‘q. 17 yoshida Angliya milliy jamoasi safida porlagan, bugunga qadar «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan oxirgi ingliz bo‘lib qolayotgan noyob iqtidor egasi endilikda o‘tkir intervyulari bilan ajralib turibdi. Mana, Maykl bu safar zamonaviy futbol nechog‘lik o‘zgargani, atletizm nima uchun mahoratdan muhimroqligi va hozirgi «MYU»da qanday muammolar borligi haqida oshkora fikr yuritdi.

- Maykl, faoliyatingiz APL ayni rivojlanayotgan dastlabki yillarga to‘g‘ri kelgan. Aytingchi, hozirda Angliya chempionati qanday taassurot qoldirmoqda?

- APLning noyob ustunligi - bu doimiy intensivlik, tezlik va to‘xtalishlar kamligi. Muxlislar aynan shunday futbolni qadrlashadi. To‘g‘ri, VAR tizimi va boshqa texnologiyalar kirib kelishi bilan futbol biroz o‘zgarishga yuz tutdi. Deylik, atletizm birinchi o‘ringa chiqdi. Chamasi 20 yil oldin esa to‘p bilan muomala qilish vositasida muxlislarga zavq ulashish, ortiqcha yugurmasdan ham ajoyib o‘yin ko‘rsatish mumkin edi. Endi futbolchidan turli statistik va jismoniy ko‘rsatkichlarni yaxshilash talab qilinmoqda. Shaxsan men ilgari Erik Kantona, Dennis Bergkamp, Janfranko Zola, Mett Le Tissye kabi ijrochilarning nozik harakatlarini kuzatishdan zavqlanardim. Bugun esa barcha sport talablariga javob beradigan futbolchilarga ega bo‘lish yo‘lida nafis o‘yindan voz kechyapmiz.

- OAV bilan muloqotda tahlil haqida ko‘p gapirasiz. Aytingchi, statistika chindan ham, marraga yetish instinktini o‘lchay oladimi?

- Hozir televideniyeda ishlayman, shuning uchun turli ma’lumotlar bilan o‘ralganman. To‘g‘ri, sport fani va turli o‘lchovlarga ishonaman, lekin raqamlar barchasini aniq ko‘rsatib berolmaydi, baribir. Axir ochiq o‘yin ko‘p jihatlarni qamrab oladi - to‘p tezligi, ob-havo, maydon holati va hokazo... Umuman, futbol nyuanslarga to‘la. Instinkt­-ni esa qandaydir jadvalga solishning iloji yo‘q.

- Bugun ijtimoiy tarmoqlarning futbolchilar faoliyatiga ta’siri katta. Bu fikrga qo‘shilasizmi?

- Ko‘pchilik hozir futbolchilarga nisbatan bosim kuchayganini aytmoqda. Lekin haqiqat shuki, taniqli futbolchilar oldin ham diqqat markazida bo‘lishgan. Farqi bitta - ilgari bosim faqat gazetalar tomonidan kelardi: agar imkoniyatni boy bersangiz, bosh sahifada shol­g‘omday kallangiz bilan suratingizni chop etishardi. Ularga e’tibor qaratmaslikning umuman iloji yo‘q edi. Hozir esa ijtimoiy tarmoqlar bosimini qabul qilish yoki qilmaslik har kimning o‘ziga havola. Har holda, qo‘l telefonida o‘chirish tugmasi bor.

- Sizningcha, bugungi «MYU»da qanday muammolar bo‘y ko‘rsatmoqda?

- Aytish shart emas, «qizil iblislar»ning barchamiz ko‘nikkan darajada chiroyli o‘yin ko‘rsatmay qo‘yishganiga 10 yildan oshdi. Klub rahbariyati murabbiylar, futbolchilar va direktorlar tanlash siyosati, infratuzilma, umuman, hammasini o‘zgartirdilar. Buning uchun milliard funtdan ko‘proq sarflandi. Xo‘sh, yana nimani o‘zgartirish kerak? Har safar natijalar pasayganida, keskin o‘zgarish kuzatiladi: murabbiy va futbolchilarni almashtirishadi, taktika yoki tizimni yangilashadi... Go‘yo uch himoyachi uslubi to‘rt himoya taktikasiga o‘zgartirilsa, hammasi birdan o‘z holiga qaytadigandek. Yo‘q, aslo bunday bo‘lmaydi. Klub yuksalayotgan vaqt hamma dahodek ko‘rinadi. Qiyinchiliklar yuzaga kelganida esa hatto ideal murabbiy va futbolchilarga ham o‘rtacha darajada e’tibor qaratiladi. «Yunayted» shunday yondashuvdan aziyat chekmoqda. Ana, «Liverpul»ning oxirgi 10 yillik hayotiga qarang: deyarli har bir transfer ish berdi. Endi aytingchi, bu oraliqda qaysi futbolchi «MYU»dan yaxshiroq obro‘ bilan ketdi? Afsuski, hech biri.

- Oxirgi savol: joriy mavsum APL taxti qaysi jamoaga nasib etadi, sizningcha?

- Startda «Liverpul» o‘z mavqeini saqlab qolishi va «Arsenal» asosiy ta’qibchi rolini o‘ynashini o‘ylagandim. Amalda ko‘ryapmizki, Arteta jamoasi murakkab o‘yinlar seriyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi. «Liverpul»ga nisbatan esa bir qator savollar bor...

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:52, 19.11.2025.
O'qildi: 820 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик