Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

"Tottenxem" yulduzi "Arsenal" bilan derbi oldidan niqobda mashq qilmoqda

"Tottenxem" yulduzi "Arsenal" bilan derbi oldidan niqobda mashq qilmoqda

Baho:
+ | -

Hujumchi Randal Kolo-Muani "Tottenxem"ning "Manchester Yunayted"ga qarshi kechgan so‘nggi o‘yinida jag‘ini sindirib oldi va Fransiya terma jamoasiga bora olmadi. Kolo-Muani sakkiz haftagacha safdan chiqishi mumkinligi taxmin qilingan edi, ammo jarrohlik amaliyoti kerak bo‘lmadi.

The Telegraph xabariga ko‘ra, 26 yoshli Kolo-Muani allaqachon mashg‘ulotlarda qatnashmoqda - jag‘ni himoya qilish uchun maxsus niqobda. Fransuz "Arsenal"ga qarshi derbida maydonga tushishi ham ehtimoldan xoli emas. O‘yin 23 noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kuz boshida "Tottenxem" Kolo-Muanini "PSJ"dan ijaraga olgandi. O‘shandan beri hujumchi sakkizta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 05:31, 21.11.2025.
O'qildi: 642 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик