Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

"Liverpul"ga hali ham Jotaning o‘limi ta’sir qilyapti

"Liverpul"ga hali ham Jotaning o‘limi ta’sir qilyapti

Baho:
+ | -

"Liverpul"dagilar hali ham yozda Ispaniyada avtohalokatda halok bo‘lgan Diogu Jotani o‘ylayapti.  Bosh murabbiy Arne Slot buni tan oldi. Jamoa portugaliyalikning o‘limi qanchalik kuchli ta’sir qilganini o‘lchay olmaydi, ammo beqaror natijalarni shu bilan izohlashdan bosh tortdi.

"Biz har doim nishonda bo‘lamiz, ba’zida adolatli, ba’zida esa yo‘q. Ammo men Robertsonning ushbu intervyusini jonli ravishda ko‘rdim va bu barchamiz uchun og‘riqli savol ekanligini tushunaman va bu mutlaqo normal holat. Shunday paytlarda xotini va bolalarini o‘ylayman - ularga bizdan ko‘ra yuz chandon og‘ir.

Uni eslash muhim. U g‘ayrioddiy yigit edi. Bu natijalarga qanday ta’sir qilishini o‘lchab bo‘lmaydi. Lekin buni hech qachon bahona qilib o‘tirmayman. Biz uni juda sog‘indik, ammo bu o‘yinda qanchalik aks etganini ayta olmayman", dedi Slot.

Eslatib o‘tamiz, Angliyaning amaldagi chempionlari bu mavsumda 11 o‘yindan so‘ng peshqadam "Arsenal"dan 8 ochko ortda qolib, turnir jadvalining 8-pog‘onasini egallab turibdi.

Kiritildi: 11:41, 22.11.2025.
O'qildi: 885 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик