Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona"ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgan "Atletik"ning muhim futbolchisi diskvalifikasiya qilindi

"Barselona"ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgan "Atletik"ning muhim futbolchisi diskvalifikasiya qilindi

Baho:
+ | -

"Atletik" yarim himoyachisi Oyyan Sanset "Barselona"ga qarshi o‘yindagi diskvalifikasiyasi tufayli "Real"ga qarshi maydonga tushmaydi.

22 noyabr kuni "Atletik" La Liga 13-turi doirasida "Kamp Nou"da "Barselona"ga yutqazib qo‘ydi (0:4). 52-daqiqada Fermin Lopesning oyog‘iga orqadan zarba bergani uchun Sanset qizil kartochka oldi.

Ispaniya Qirollik futbol federasiyasining musobaqalar bo‘yicha qo‘mitasi Sansetni "qo‘pol va sportga xos bo‘lmagan xatti-harakati" uchun jarimaga tortdi va La Liganing ikkita o‘yiniga diskvalifikasiya qildi. Shu tariqa, yarim himoyachi 29 noyabr va 3 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan "Levante" va "Real"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

Qayd etilishicha, "Atletik" qo‘mita qarori ustidan apellyasiya berish huquqiga ega.

Kiritildi: 18:39, 26.11.2025.
O'qildi: 1143 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик