Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

O‘zbekiston ayollar tennisida muhim yangilik! Rossiyalik tennischi endi yurtimiz sharafini himoya qiladi

O‘zbekiston ayollar tennisida muhim yangilik! Rossiyalik tennischi endi yurtimiz sharafini himoya qiladi

Baho:
+ | -

WTA reytingda 109-o‘rinni egallab turgan professional tennischi Kamilla Rahimova endilikda xalqaro turnirlarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etadi.

Kamilla Rahimova kim?

24 yoshli Kamilla Rahimova 2001-yil 28-avgust kuni Yekaterinburgda tug‘ilgan. Kamillaning oilasi O‘zbekiston bilan bog‘liq: uning onasi Rufina Rahimova (turmushga chiqishdan oldingi familiyasi Yalalova) yoshligida o‘z yosh toifasida eng kuchli tennischilar qatoriga kirgan va O‘zbekiston SSR sharafini himoya qilgan. Kamillaning katta akasi Timur esa Toshkentda tug‘ilgan. Shu oilaviy ildizlar Rahimovaning O‘zbekiston nomidan ishtirok etish qarorini yanada ramziy ahamiyatli qiladi.

So‘nggi yillarda Kamilla Rahimova jahon turidagi eng barqaror va professional rivojlanayotgan sportchilardan biriga aylandi.

Uning faoliyatidagi asosiy natijalar:

Yakkalikdagi eng yuqori reytingi: №60 (2024-yil 30-dekabr)
Juftlikdagi eng yuqori reytingi: №51 (2025-yil 25-avgust)
WTA juftlikda 3 ta titul
WTA 125 yakkalikda g‘oliblik, shuningdek juftlikdagi g‘alabalar

“Katta Dubulg‘a” turnirlaridagi eng yaxshi natijalari (yaqqalik):
• US Open: 3-bosqich (2021)
• Roland Garros: 3-bosqich (2023)
• Wimbledon: 3-bosqich (2025) — jumladan, dunyo 5-raqami Jasmin Paolini ustidan g‘alaba

“Katta Dubulg‘a” juftlikdagi natijalari:
• Australian Open: chorak final (2025)
• Roland Garros: 3-bosqich (2025)
• Wimbledon: 2-bosqich (2024, 2025)

2025-yilgi mavsumda Rahimova yuqori dinamikani saqlab kelmoqda: uning so‘nggi yirik natijalaridan biri — WTA 1000 Cincinnati turnirida juftlik bahslarida chorak final (avgust 2025).

28-noyabr 2025-yilgi yangilangan WTA reytingiga ko‘ra, Rahimova yakkalikda 109-o‘rinda joylashgan.

O‘zbekiston tennisida yangi bosqich

Kamilla Rahimovaning O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etishi — milliy terma jamoa uchun strategik kuchayish, bu esa mamlakatning xalqaro sahnadagi raqobatbardoshligini yangi darajaga olib chiqadi.

Endi O‘zbekiston “Katta Dubulg‘a” turnirlari, WTA, ITF musobaqalari, jamoaviy chempionatlar, Osiyo o‘yinlari va Billie Jean King Cupda yuqori natijalar uchun kurasha oladigan jahon darajasidagi tennischiga ega bo‘ladi.

“Kamilla Rahimovaning O‘zbekiston terma jamoasiga qo‘shilishi tarixiy voqea. U o‘zini kuchli va raqobatbardosh tennischi sifatida ko‘rsatgan, dunyoning eng yaxshi o‘yinchilari bilan tengma-teng o‘ynay oladi. Biz Kamillani terma jamoa tarkibida ko‘rganimizdan mamnunmiz va oldinda — yorqin g‘alabalar, katta yo‘l va yangi rekordlar borligiga ishonamiz”, — dedi O‘zbekiston Tennis Federasiyasi bosh kotibi Sardor Kamilov.

O‘zbekiston – global tennis markaziga qarab

Kamilla Rahimovaning terma jamoaga qo‘shilishi — raqobatbardosh ayollar terma jamoasini shakllantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamdir. Federasiya sportchilarni tayyorlash tizimini mustahkamlashni hamda terma jamoaga jahon darajasidagi o‘yinchilarni jalb qilishni davom ettiradi.

O‘zbekiston Tennis Federasiyasi matbuot xizmati

Manba: https://t.me/komiljon_jumayev
Kiritildi: 12:24, 01.12.2025.
O'qildi: 1305 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.