Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Asensio "PSJ"dan "Fenerbaxche"ga o‘tgani haqida fikr bildirdi

Asensio "PSJ"dan "Fenerbaxche"ga o‘tgani haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Ispaniyalik vinger Marko Asensio "PSJ"dan "Fenerbaxche"ga o‘tishi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 7,5 million yevrolik transfer 2025 yil sentyabr oyida amalga oshirilgan.

"Mavsum yaxshi boshlandi, keyin jarohat tufayli 2 oyga safdan chiqdim, ammo barchasini muvaffaqiyatli yakunladik. Keyingi mavsum ham yaxshi boshlandi, ammo bir kechada murabbiyning mehrini yo‘qotdim. Futboldan zavq olishni xohladim, shuning uchun yo‘l izlay boshladim," - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Marca.

"Menga ma’lum bo‘lishicha, aniq hech narsa sodir bo‘lmagan. Balki u bu savolga javob bera olar. Men Luis Enrikeni yaxshi bilaman. Boshqa o‘yinchilar va xodimlar bilan ham shunday bo‘lgan. O‘z navbatida, men gina saqlamayman. Professional futbolda shunday bo‘lishi mumkin - vassalom."

Joriy mavsumda futbolchi klub miqyosida 14 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 1 dekabr oqshomida uning jamoasi musobaqa peshqadami "Galatasaroy" bilan kuch sinashadi, jamoalarni 1 ochko ajratib turibdi.

Kiritildi: 17:36, 01.12.2025.
O'qildi: 881 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик