Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Rasman. “Paxtakor” sobiq ustozi Turkiya klubidan iste’foga chiqarildi

Rasman. “Paxtakor” sobiq ustozi Turkiya klubidan iste’foga chiqarildi

Baho:
+ | -

Turkiya Superligasi 14-turi doirasida “Istanbul Bashakshehir”ga uchralgan mag‘lubiyat va so‘nggi o‘yinlardagi qoniqarsiz natijalar sababli “Qosimposho” klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze bilan shartnoma bekor qilindi.

Murabbiy joriy mavsum boshida jamoa ustoziga aylangan edi. Arveladze “Qosimposho”da 6 oy faoliyat yuritdi. Istanbul klubi joriy mavsum Turkiya Superligasida 3 g‘alaba, 4 durang va 7 mag‘lubiyat qayd etgan holda 14-o‘rinda bormoqda.

Klub so‘nggi bor Shota Arveladze boshqaruvida “Istanbul Bashakshehir”ga qarshi bahs olib bordi va 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ahamiyatli tomoni shundaki, ushbu o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Abbosbek Fayzullayev va Eldor Shomurodov bittadan gol urib, “Bashakshehir”ning g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Ma’lumot uchun, Shota Arveladze futbolchilik faoliyati davomida “Dinamo Tbilisi”, “Trabzonspor”, “Ayaks”, “Reynjers”, “AZ Alkmar” va “Levante” klublarida o‘ynagan. U Gruziya futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biri bo‘lib, klublar miqyosida 410 o‘yinda 291 gol, terma jamoa safida esa 61 o‘yinda 26 gol urgan.

Murabbiy sifatida Arveladze “Qosimposho”, “Kayserspor”, “Trabzonspor”, “Makkabi”, “Xall Siti”, “Fotih Karagumryuk” va “Paxtakor” klublarida ishlagan. Uning boshqaruvida “sherlar” O‘zbekiston Superligasi, Kubogi va Superkubogida g‘alaba qozongan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:39, 04.12.2025.
O'qildi: 1532 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик