Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

"MYU" darvozaboni Lammens qo‘lqoplaridagi 8 va 24-raqamlar Kobi Brayant bilan bog‘liqligini tushuntirdi

"MYU" darvozaboni Lammens qo‘lqoplaridagi 8 va 24-raqamlar Kobi Brayant bilan bog‘liqligini tushuntirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" darvozaboni Senne Lammens nima uchun qo‘lqoplarida 8 va 24-raqamlar borligini tushuntirdi.

"Bungacha hech kim mendan qo‘lqoplarimdagi 8 va 24-raqamlar haqida so‘ramagan. Men o‘sganimda va yosh darvozabon bo‘lganimda, menga oson bo‘lmagan... xarakterim bo‘yicha men xotirjam, vazmin, yumshoqman, ko‘proq introvertga o‘xshayman. Bir tanishim menga "Alter ego" degan kitob berdi... Xulosa shuki, maydonga tushganingizda, go‘yo sizda qandaydir aqliy kalit bordek, boshqa odamga aylanishingiz kerak.

Men basketbolning ashaddiy muxlisiman va mening kumirlarimdan biri - Kobi Brayant, shuningdek, uning afsonaviy "mamba mentaliti," 8 va 24-raqamlar esa uning o‘yin raqamlari. Shunday ekan, endi maydonga tushganimda, bu raqamlar menga uni eslatadi, o‘yin paytida esa ularga qarayman. Endi bu mening tumorim", - dedi Lammens Sky Sports efirida.

Kiritildi: 14:39, 06.12.2025.
O'qildi: 853 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик