Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Martinelli Anri natijasini takrorlashga yaqin turibdi

Martinelli Anri natijasini takrorlashga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

"Arsenal"ning braziliyalik vingeri Gabriel Martinelli "kanonirlar" sobiq hujumchisi Tyerri Anrining yevrokuboklardagi rekordini takrorlash arafasida turibdi, deb yozadi Opta X ijtimoiy tarmog‘ida.

Hozirda Gabrielning hisobida Chempionlar ligasida ketma-ket beshta o‘yinda gol bor, Anri yevrokubok uchrashuvlarida ketma-ket oltita o‘yinda gol urgan. Braziliyalik futbolchi ECHL umumiy bosqich 6-turidan o‘rin olgan "Bryugge"ga qarshi o‘yinda (3:0) raqib darvozasiga yo‘l topdi.

Martinelli 24 yoshda, u 2019 yildan beri "Arsenal"da o‘ynab kelmoqda. Hujum chizig‘ining universal futbolchisi joriy mavsum klub miqyosida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

E’tiborlisi, Gabrielning 6 ta golidan faqat bittasi APL doirasida kiritildi.

Kiritildi: 12:47, 11.12.2025.
O'qildi: 483 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик