"Barselona" darvozaboni Voysex Shesni gastroenterit tufayli bugungi "Osasuna"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.
35 yoshli polyak 16 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan "Gvadalaxara"ga qarshi Ispaniya kubogi bellashuviga tayyor bo‘lishi kutilmoqda.
Shesni joriy mavsumda 9 ta o‘yinda 17 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning hisobida quruq o‘yin yo‘q.













