Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma 1-0 Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano 0-0 Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted 4-4 Bornmut

JCH-2026. Portugaliya-Kolumbiya o‘yini uchun chiptalar narxi rekord o‘rnatdi

JCH-2026. Portugaliya-Kolumbiya o‘yini uchun chiptalar narxi rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

Jahon chempionati-2026’ning "K" guruhidagi hal qiluvchi uchrashuv — Portugaliya — Kolumbiya bahsi mundial uchun chipta xaridorlari orasida eng ommabop o‘yinga aylandi, deya xabar berdi "Marca" nashri.

«FIFA Jahon chempionati-2026 guruh bosqichi doirasida Portugaliya va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv chiptalarning ikkillamchi bozorida misli ko‘rilmagan maqomga ega bo‘ldi. Ikkillamchi bozordagi turli tahlillarga ko‘ra, ushbu bahs butun turnirda chipta narxi eng qimmat bo‘lgan to‘rtinchi o‘yin sifatida qayd etildi va chorak final hamda nimchorak final o‘yinlarining deyarli barchasini ortda qoldirdi.

Mayami-Gardens shahrida (AQSH) joylashgan Hard Rock stadionida bo‘lib o‘tadigan K guruhining ushbu muhim o‘yini uchun chipta narxlari faqat Nyu-York va Nyu-Jersida o‘tkaziladigan yarim finallar va final bahslari chiptalari bilan raqobatlasha oladi.

Chiptalarni qayta sotishdagi yuqori narxlar haqidagi xabar JCH-2026 qur’asi o‘tkazilib, guruhlar va o‘yinlar manzillari aniqlangandan so‘ng darhol tarqaldi. Katta talab narxlarning jadal oshib ketishiga sabab bo‘ldi.

Portugaliya — Kolumbiya o‘yini e’lon qilinganidan bir soat o‘tib, ayrim chiptalarning qayta sotish narxi 2000 AQSH dollariga yetdi, eng yuqori paytda esa 3200 dollargacha ko‘tarildi. Keyinchalik narxlar barqarorlashgan bo‘lsa-da, ayrim o‘rinlar uchun o‘rtacha narx hali ham bir chipta uchun taxminan 2200 dollar atrofida qolmoqda.

Portugaliya — Kolumbiya uchrashuvi K guruhining so‘nggi o‘yini sifatida belgilangan. Guruh bosqichidagi oxirgi tur bahsi bo‘lgani uchun natija eng kuchli sakkizlikka chiqishni hal qilib berishi ehtimoli yuqori. Bu esa o‘yinga qo‘shimcha dramatizm va ahamiyat bag‘ishlab, qiziqishni, shu bilan birga chiptalar narxini ham oshirmoqda», — deb yozadi nashr.

Qayd etish joizki, qur’a natijalariga ko‘ra, Portugaliya va Kolumbiya terma jamoalari K guruhiga tushgan bo‘lib, ushbu guruhdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham o‘rin olgan.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 09:46, 16.12.2025.
O'qildi: 1602 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.