Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Laporta sudda Negreyra va uning o‘g‘li bilan tanish emasligini aytdi

Laporta sudda Negreyra va uning o‘g‘li bilan tanish emasligini aytdi

Baho:
+ | -

"Barselona" prezidenti Joan Laporta sudda Xose Mariya Enrikes Negreyra va uning o‘g‘li bilan shaxsan tanish emasligini aytdi.

Bu haqda Laportaning "Negreyra ishi" bo‘yicha e’lon qilingan ko‘rsatmalaridan ma’lum bo‘ldi.

Laportaning so‘zlariga ko‘ra, u 2003 yilda klub prezidenti etib saylanganidan keyin hakamlik hisobotlarini tayyorlaydigan kompaniyaga to‘lovlar haqida bilgan, biroq uning egasi kim bo‘lganini unga aytishmagan.

"Men Enrikes Negreyra bilan shaxsan tanish emasdim. Menga hakamlik bo‘yicha maslahat xizmati mavjudligini aytishdi va biz uning xizmatlaridan foydalanishda davom etdik, chunki biz buni foydali deb topdik.

Gap shundaki, 18 yil davomida 7,3 million yevro to‘langan. Keling, buni kontekstda ko‘rib chiqamiz. Bu sport sohasi uchun muhim va foydali bo‘lgan xizmatlar uchun unchalik qimmat emas deb o‘ylayman.

Menga ma’lumki, janob Negreyraning o‘g‘li hisobotlar tayyorlagan, janob Negreyra o‘tmishda sudya bo‘lgan. Bu men bilgan yagona narsa", - dedi Laporta.

Kiritildi: 14:20, 16.12.2025.
O'qildi: 1028 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик