Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Anri APLda bir murabbiyni alohida ta’kidladi: «U maqtovga loyiq»

Anri APLda bir murabbiyni alohida ta’kidladi: «U maqtovga loyiq»

Baho:
+ | -

Mashhur sobiq futbolchi Tyerri Anri Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

U "Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri haqida juda iliq fikrlar bildirdi.

"Men Unai Emerini hurmat qilishim kerak, chunki buni hech kim kutmagan edi. "Aston Villa" mavsum boshida juda yomon holatda edi - jamoa yo‘qolib qolgandek edi. Biz tomosha qilardik va o‘ylardik: nahotki shu yakun bo‘lsa? Ammo, Emeri yo‘lini topdi. U maqtovga loyiq. Ehtimol, uch oydan keyin hammasi yana izdan chiqib ketar. Ammo hozir Emeri barchani birlashtira olgan", - deya Anrining so‘zlarini keltiradi Goal portali Betway’ga tayanib.

"Aston Villa" Angliya chempionatini beshta o‘yindan iborat g‘alabasiz seriya bilan boshladi, ammo keyingi 11 o‘yinda birmingemliklar 10 ta g‘alabaga erishdi. Ayni damda Emerining jamoasi peshqadam "Arsenal"dan 3 ochko ortda qolib, 3-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 22:22, 18.12.2025.
O'qildi: 1235 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик