Kirish Ro'yxatdan o'tish

Allegri "Napoli"dan uchralgan mag‘lubiyat sabablarini aytdi

Allegri "Napoli"dan uchralgan mag‘lubiyat sabablarini aytdi

Baho:
+ | -

"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya Superkubogi yarim finalida "Napoli"ga qarshi o‘yinda 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Antonio Konte jamoasi 39 va 63-daqiqalarda David Neres va Rasmus Xyoylundning gollari evaziga g‘alaba qozondi.

"Biz kuchli raqibga duch keldik, buni bilardik. Gol urish uchun vaziyatlarimizda ancha yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi. Ikkala jamoa ham yaxshi o‘ynadi, ammo "Napoli" yaxshiroq himoyalandi, shuning uchun ular g‘alabaga loyiq edilar. Biz to‘pni yaxshi nazorat qildik, ammo jarima maydonchasiga hujum qilishda unchalik yaxshi emas edik. Mag‘lubiyat har doim yoqimsiz, ammo endi bizda A Seriyada o‘z o‘rnimizni ko‘rsatish imkoniyati bor", dedi Allegri Sport Mediaset nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 05:31, 19.12.2025.
O'qildi: 885 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик