Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Nasaf»ning OFK Elit Chempionlar Ligasi 6-turdagi raqibi «Al-Ittihod» haqida

«Nasaf»ning OFK Elit Chempionlar Ligasi 6-turdagi raqibi «Al-Ittihod» haqida

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

23 dekabr kuni "Nasaf" klubi OFK Elit Chempionlar Ligasi musobaqasining 6-turi doirasida Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" jamoasi bilan kuch sinashadi.

Keling, ushbu jamoa haqida biroz to‘xtalamiz.

"Al-Ittihod" jamoasi 98 yillik tarixga ega. Klub 1927 yilda tashkil etilgan.

Jamoaga muxlislar tomonidan "Tigers" (Yo‘lbarslar) va "The People’s Club" (Xalq jamoasi) degan laqablar berilgan.

"Al-Ittihod" o‘z uy uchrashuvlarini Jidda shahrida joylashgan "Qirol Abdulloh Sport Siti" stadionida o‘tkazadi. Ushbu maydon 62 mingdan ziyod muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.

Jamoa shu vaqtgacha 10 karra Saudiya Arabistoni Professional ligasi, 10 karra Qirol kubogi, 8 karra Valiahd shahzoda kubogi musobaqalarida chempion bo‘lgan. Shuningdek, "Al-Ittihod" 2004 va 2005 yilgi mavsumlarda Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasining bosh sovriniga ega chiqqan.

Jamoani ayni paytda 51 yoshli portugaliyalik mutaxassis Sergio Konseysau boshqarmoqda. U o‘z faoliyati davomida Braga, Nant, Portu, Milan kabi nomdor klublarda ishlagan. 2025 yil oktyabr oyida ushbu jamoani qabul qilib olgan.

Konseysau murabbiy sifatida "Portu" klubi bilan 3 marta Portugaliya chempionatida g‘olib bo‘lgan. Aynan shu yillarda ushbu murabbiy liga tomonidan "Yil murabbiyi" deb topilgan.

Hozirda "Al-Ittihod" klubida Musa Diabi, Steven Bergveyn, N'golo Kante, Fabinyo va Karim Benzema kabi jahon futboli yulduzlari faoliyat olib bormoqda.

Shuningdek, klubda ayni paytda Solih Al Shehri, Faysal Al G‘amdi, Hassan Kadesh, Ahmad Al G‘amdi, Saad Al-Musa kabi Saudiya Arabistoni terma jamoasi futbolchilari to‘p surmoqda.

Eslatib o‘tamiz, OFK Elit Chempionlar Ligasi 6-turidan o‘rin olgan "Al-Ittihod" — "Nasaf" uchrashuvi 23 dekabr kuni soat 23:15 da start oladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:36, 22.12.2025.
O'qildi: 1187 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик