Sky Sport DE nashrining xabar berishicha, markaziy himoyachi Aaron Anselmino bu qishda "Borussiya Dortmund"ni tark etishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, Dortmund 20 yoshli argentinalik futbolchining o‘yinidan mamnun bo‘lsa-da, futbolchi kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganidan norozi.
U maydonda 564 daqiqa o‘tkazib, bitta gol, bitta golli uzatma va bitta sariq kartochkaga ega.













