Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Liverpul» Isakning jarohati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

«Liverpul» Isakning jarohati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Baho:
+ | -

"Liverpul" hujumchisi Aleksander Isak APLning 17-turidan o‘rin olgan "Tottenxem"ga (2:1) qarshi bahsda olgan jarohatidan so‘ng muvaffaqiyatli operasiya qilindi.

"Shporlar" himoyachisi Mikki van de Ven mersisaydliklarning o‘yindagi ilk golini urayotgan forvardni "podkat"da yiqitdi. Shundan so‘ng darhol Isakni almashtirishga to‘g‘ri keldi va u shifokorlar yordamida maydonni tark etdi.

"Tashxisdan so‘ng, bugun kichik boldir suyagi sinishi bilan to‘piq jarohati tufayli operasiya qilindi. Isakning reabilitasiyasi mashg‘ulotlar markazida davom etadi, uning qaytish muddati hali aniq emas," - deyiladi klub bayonotida.

26 yoshli shvesiyalik sentyabr oyida "Nyukasl"dan 145 million yevro evaziga "Liverpul"ga o‘tgan edi. Isak mersisaydliklar safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 05:37, 23.12.2025.
O'qildi: 825 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик