Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" va APL grandlari da’vogarlik qilayotgan Uortonning narxi ma’lum bo‘ldi

"Real" va APL grandlari da’vogarlik qilayotgan Uortonning narxi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Kristal Pelas" yarim himoyachisi Adam Uorton Yevropa grandlari nishonida qolmoqda.

"Burgutlar" rahbariyati 21 yoshli futbolchiga qiziqish ortib borayotganini eshitgan, shuning uchun u bilan shartnomani uzaytirmoqchi, deb yozadi jurnalist Ben Jeykobs.

Shu bilan birga, manba aniqlik kiritishicha, tomonlar o‘rtasida "jentelmencha kelishuv" mavjud: agar futbolchi yangi kelishuvni imzolamasa, klub Chempionlar Ligasi ishtirokchilaridan biridan 60-65 million funt (68-75 million yevro) miqdorida taklif tushganda uning transferiga to‘sqinlik qilmaydi.

Adam Uortonga da’vogarlar qatorida ko‘pincha "Real", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Tottenxem" klublari tilga olinadi. Transfermarkt saytidagi xavbekning narxi - 60 mln yevro.

Kiritildi: 10:16, 03.01.2026.
O'qildi: 774 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик