Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina 1-1 Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe 1-0 Malaga
20/09 17:15 Andijon 1-4 Nasaf
20/09 18:00 Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone 2-0 Komo
20/09 18:00 Parma 2-1 Jenoa
20/09 18:00 Bornmut 0-1 Liverpul
20/09 18:00 Lids 0-0 Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti 5-3 Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona 1-2 OKMK
20/09 19:15 Atletiko 2-1 Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv 0-1 Neftchi
20/09 20:30 Fulhem 1-1 Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus 2-0 Atalanta
20/09 21:30 Deportivo 1-1 Betis
20/09 21:30 Vilyarreal 3-1 Levante
20/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni

Hazratjon Tursunqulov — OKMK FK futbolchisi

Hazratjon Tursunqulov — OKMK FK futbolchisi

Baho:
+ | -

Yangi mavsum oldidan OKMK FK klubning sport siyosati doirasida asosiy jamoa tarkibini shakllantirish bo‘yicha izchil va tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Ushbu jarayonda yosh, mahalliy hamda klubning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga mos futbolchilarni jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, «konchilar» safini tark etgan futbolchilar o‘rnini klubning rivojlanish falsafasi, tanlangan o‘yin modeli va institusional maqsadlariga mos ijrochilar bilan to‘ldirish asosida muvozanatli transfer siyosati izchil olib borilmoqda.

Mazkur transfer siyosati doirasida qishki transfer oynasidagi navbatdagi transfer amalga oshirildi. Yarim himoyachi Hazratjon Tursunqulov OKMK FK safini to‘ldirdi. Futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzolandi va u yangi mavsumdan boshlab «konchilar» sharafini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli tayanch yarim himoyachi bunga qadar «Oq-tepa», «Metallurg», «Dinamo» hamda «Xorazm» klublarida to‘p surgan. U professional faoliyati davomida 117 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

"OKMK FK rahbariyati yangi futbolchimiz jamoaga qo‘shadigan salohiyati va yuqori darajadagi professional mahorati orqali klubimizning g‘alabalari va muvaffaqiyatlarini yanada mustahkamlashga, shuningdek, uning kelajakdagi o‘yinlarda jamoa o‘yiniga qo‘shadigan hissasi klub muvaffaqiyatlarini yanada yuksaltiradi, degan ishonchni bildiradi", — deyiladi OKMK matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Manba: @fcokmk
Kiritildi: 16:15, 05.01.2026.
O'qildi: 1164 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик