Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" Ispaniya Superkubogida ishtirok etishi uchun qancha daromad olishi ma’lum bo‘ldi

"Real" Ispaniya Superkubogida ishtirok etishi uchun qancha daromad olishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Ispaniya Superkubogida ishtirok etish "Real"ga mo‘may daromad keltiradi.

"Qirollik klubi" turnir bahslari bo‘lib o‘tadigan Saudiya Arabistoniga borganining o‘ziyoq 6,15 mln yevroga yaqin mablaqqa ega bo‘lishi kafolatlangan, deb xabar beradi Diario AS. Bundan tashqari, "qaymoqranglilar"ni finalga chiqqan taqdirda 1 mln yevro bonus kutmoqda, hal qiluvchi bahsdagi g‘alaba esa Madrid grandini yana 2 mln yevroga boyitadi. Shunday qilib, umumiy daromad 9 mln yevrodan oshishi mumkin.

8 yanvar kuni Xabi Alonso jamoasi yarim finalda "Atletiko"ga qarshi maydonga tushadi. Derbi g‘olibi finalda "Barselona" yoki "Atletik" bilan o‘ynaydi.

Kiritildi: 08:29, 07.01.2026.
O'qildi: 1969 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик