Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni 0-1 Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya 1-0 Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa 3-0 Kalyari
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma

Qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan qurilish hududidagi xodim qattiq sovuqda halok bo‘ldi

Qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan qurilish hududidagi xodim qattiq sovuqda halok bo‘ldi

Baho:
+ | -

Italiyaning Kortina-d’Ampeso kurortidagi 2026-yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladigan hudud yaqinida qurilish ob’ekti qorovuli tungi smenada vafot etdi. Bu haqda The Independent xabar berdi.

55 yoshli ishchining o‘limi 8 yanvar oqshomida Kortina muz arenasi yaqinidagi ob’ektda yuz bergan. Italiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, o‘sha kecha havo harorati minus 12 darajagacha tushib ketgan.

Italiya infratuzilma vaziri Matteo Salvini hodisa yuzasidan to‘liq tergov o‘tkazishni talab qildi. “Milan-Kortina 2026” jamg‘armasi bosh ijrochi direktori Andrea Varniyerning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki ma’lumotlar ishchining yurak xurujidan vafot etganini ko‘rsatmoqda.

“Ma’lumotlarga ko‘ra, bu tabiiy sabablar bilan bog‘liq o‘lim, ya’ni yurak xuruji. Hozirda tergov olib bormoqdamiz. Favqulodda xizmatlardan olgan ma’lumotimiz shuni ko‘rsatadiki, u ob’ektda bo‘lgan vaqtida vafot etgan”, dedi Varniyer Milandagi yangi xokkey arenasida o‘tayotgan sinov tadbiri vaqtida.

Yevropadagi anomal sovuq va qor bo‘roni
So‘nggi bir hafta ichida kuchli qor yog‘ishi, kuchli shamol va yo‘llarning muzlashi butun Yevropa bo‘ylab harakatlanishni qiyinlashtirib yubordi. Jumladan, Germaniyada 9 yanvar kuni Deutsche Bahn temir yo‘l operatori mamlakat shimolidagi barcha reyslarni to‘xtatgani sababli 11 yanvar kuni ham yo‘lovchilar uzoq kechikishlar va bekor qilingan reyslar muammosiga duch keldi.

Estoniya va Litvada haydovchilardan kutilayotgan qor bo‘ronlari sababli zarurat bo‘lmasa yo‘lga chiqmaslik so‘raldi. Latviyada esa mamlakat g‘arbi uchun qor xavfi haqida ogohlantirish e’lon qilindi.

Olimpiada infratuzilmasi
Olimpiada infratuzilmasi uchun mas’ul bo‘lgan “Simico” davlat kompaniyasi mazkur qurilish ob’ekti ularning nazorati ostida emasligini bildirdi va hamdardlik izhor qildi. Kortina shaharchasi rasmiylari ham ushbu o‘limdan “chuqur qayg‘uda va tashvishda” ekanini ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Milan-Kortina Qishki Olimpiada o‘yinlari 2026-yilning 6–22 fevral kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Kortina kurorti kerling, chana sporti va ayollar o‘rtasidagi tog‘ chang‘isi musobaqalariga mezbonlik qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:28, 13.01.2026.
O'qildi: 314 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.