Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" nega Senesidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi

"Chelsi" nega Senesidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Bornmut" himoyachisi Markos Senesi "Chelsi"ga o‘tishi mumkin edi.

Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, London klubida yanvarda amalga oshishi mumkin bo‘lgan transfer uchun markaziy himoyachi nomzodi muhokama qilingan. Biroq "ko‘klar" argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan bosh tortishga qaror qildi. Sababi futbolchining yoshi - may oyida u 29 yoshga to‘ladi.

Markos Senesi 2022 yilda "Feyenoord"dan 15 million yevro evaziga "Bornmut"ga o‘tgandi. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali argentinalikni 22 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:24, 16.01.2026.
O'qildi: 867 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик