Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

"Manchester Siti" vingeri bilan xayrlashishga tayyor

"Manchester Siti" vingeri bilan xayrlashishga tayyor

Baho:
+-1 | -

"Manchester Siti" klubi qanot hujumchisi Oskar Bobb qishki transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin.

Football Insider xabariga ko‘ra, Bobbning joriy transfer oynasida ketish ehtimoli ortgan, chunki Antuan Semenyo kelganidan keyin uning asosiy tarkibga kirishi yanada qiyinlashgan. So‘nggi bir yarim yil davomida Bobb sport formasi va o‘yin amaliyotida muammolarga duch kelmoqda. Futbolchiga "Tottenxem" "Kristal Pelas" va Dortmundning "Borussiya" klublari qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda 22 yoshli norvegiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, birorta ham gol urmadi, biroq bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bobbning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining narxini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:04, 17.01.2026.
O'qildi: 1320 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик