"Brayton" markaziy yarim himoyachisi Karlos Baleba hali ham "Manchester Yunayted" short-listida qolmoqda.
Topskills Sports UK ma’lum qilishicha, «qizil iblislar» yozda Balebani o‘z safiga qo‘shib olishga ishonch bildirmoqda. Biroq «Brayton» bu masalada qat’iy pozisiyada: klub 22 yoshli kamerunlik futbolchini hatto 115 million yevroga ham sotish niyatida emas.
Joriy mavsumda Baleba barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va birorta golda ishtirok etmadi.
Yarim himoyachining «Brayton» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil o‘rtalariga qadar amal qiladi.













