Belgiyalik vinger Yannik Karrasko Yevropaga qaytishni istamoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira yozdi.
Futbolchining xizmatlari "Napoli" va "Roma"ga taklif qilingan. Ijara varianti ham ko‘rib chiqilmoqda. Ayni paytda Karrasko "Ash-SHabab" safida to‘p tepmoqda.
Joriy mavsumda Yannik Ferreyra Karrasko 16 ta o‘yin o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvlarda vinger "gol+pas" tizimi bo‘yicha "9+3" ko‘rsatkich qayd etdi.













