Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar 1-2 Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya - Senegal
02/07 05:00 AQSh - Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

"Tottenxem" ustozi jarohatlar ko‘pligidan nolidi

"Tottenxem" ustozi jarohatlar ko‘pligidan nolidi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank Chempionlar ligasida Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o‘yin oldidan asosiy tarkib futbolchilari soni kamligi haqida shikoyat qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, darvozabonlarni hisobga olmaganda, murabbiylar shtabi ixtiyorida atigi 11 nafar futbolchi qolgan.

"Asosiy tarkibdan ixtiyorimizda bor-yo‘g‘i 11 nafar maydon o‘yinchisi bor. Ulardan biri — Xavi Simons. U mashg‘ulot o‘tkazmadi, ammo psixologik barqarorligi tufayli og‘riqqa qaramay ertaga o‘ynaydi", — deya mutaxassis so‘zlarini UEFA matbuot xizmati keltirdi.

Frank raqib kuchli ekanini, ayniqsa Germaniya Bundesligasida ikkinchi o‘rinni egallab turganini ta’kidladi. Shu bilan birga, "Tottenxem" so‘nggi uchta uy o‘yinida ketma-ket gol o‘tkazmayotganini qayd etdi. Bu jihatni dortmundliklar bosh murabbiyi Niko Kovach ham alohida ta’kidlagan.

Kiritildi: 12:18, 20.01.2026.
O'qildi: 427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик