"Nottingem Forest" klubi hujumkor yarim himoyachisi Jeyms Makeyti jamoaga kelganidan yarim yil o‘tib jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 23 yoshli "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi xizmatiga "Portu", "Beshiktosh" va "Strasburg" klublari qiziqish bildirmoqda. Uchala klub ham "o‘rmonchilar"dan ehtimoliy bitim haqida ma’lumot so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, "Nottingem Forest" Makeytini yozgi transfer oynasida 29 million yevro evaziga "shaharliklar"dan sotib olgan edi. U bu mavsumda barcha musobaqalarda 12ta o‘yinda maydonga tushdi.
Makeytining "o‘rmonchilar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.













