Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Germaniya JCH–2026dan voz kechishi mumkin. Tafsilotlar

Germaniya JCH–2026dan voz kechishi mumkin. Tafsilotlar

Baho:
+ | -

Germaniyada milliy terma jamoaning 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortishi mumkinligi muhokama qilinmoqda. Bunga Grenlandiya atrofidagi siyosiy ziddiyat sabab bo‘lmoqda, deya xabar beradi Sports.kz Marca nashriga tayanadi.

2026 yilgi jahon chempionati arafasida xalqaro siyosat bilan bog‘liq yangi noaniqlik omillari paydo bo‘ldi. Germaniyada rasmiy darajada Grenlandiya maqomi atrofidagi mojaro keskinlashsa, turnirni boykot qilish ehtimoli tilga olindi. Bu tashabbusni Xristian-demokratik ittifoq vakili, amaldagi kansler Fridrix Mersga yaqin bo‘lgan nemis siyosatchisi Yurgen Xardt ilgari surdi.

Muhokamalarga AQSH prezidenti Donald Trampning pozisiyasi sabab bo‘ldi. U avvalroq Grenlandiyani milliy xavfsizlik masalalari bilan izohlab, AQSHga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqish niyati borligini ochiq aytgan edi. Bu bayonotlar Daniya tomonidan keskin reaksiyaga sabab bo‘ldi, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va NATO tuzilmalarida ham xavotir uyg‘otdi.

Bild nashriga bergan intervyusida Xardt turnirda ishtirok etmaslik siyosiy bosimning eng keskin chorasi sifatida ko‘rib chiqilishi mumkinligini qayd etdi. Shu bilan birga, u Germaniya diplomatik yo‘l bilan masalani hal etishga umid qilayotganini ta’kidladi. Dunyodagi eng sovrindor terma jamoalardan birining ehtimoliy boykoti FIFA uchun jiddiy tashkiliy va iqtisodiy xatarlar keltirib chiqarishi mumkin.

2026 yilgi jahon chempionati bir vaqtning o‘zida uch davlat — AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, tarixda ilk bor 48 ta milliy terma jamoani birlashtiradi. AQSH va bir qator Yevropa davlatlari, jumladan Germaniya va Daniya o‘rtasidagi keskinlik kuchayib borayotgan sharoitda turnir atrofidagi vaziyat xalqaro sport tuzilmalari diqqat markazida qolmoqda.

Qo‘shimcha ravishda, AQSH tomonidan ayrim Yevropa mamlakatlariga nisbatan joriy etilgan savdo bojlari ham umumiy diplomatik fonni yanada murakkablashtirmoqda.

Germaniya futbol terma jamoasi jahon chempionatini to‘rt marta qo‘lga kiritgan: 1954, 1974, 1990 yillarda (GFR sifatida) va 2014 yilda. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u faqat besh karra jahon chempioni bo‘lgan Braziliyadan ortda qoladi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 09:43, 23.01.2026.
O'qildi: 3009 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик