Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

Arman Sarukyan: “Getji bilan jang qilaman, Topuriya yarim o‘rta vaznga ko‘tariladi”

Arman Sarukyan: “Getji bilan jang qilaman, Topuriya yarim o‘rta vaznga ko‘tariladi”

Baho:
+ | -

Yengil vazn toifasida UFC reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan armanistonlik jangchi Arman Sarukyan keyingi jangini yengil vazn (70 kg) toifasida UFC'ning vaqtinchalik chempioni, amerikalik Jastin Getjiga qarshi o‘tkazishni istayotganini ma’lum qildi.

“Men Jastin bilan jang qilishni juda xohlayman, chunki u UFC'ning vaqtinchalik chempioni hisoblanadi. Agar Iliya bu yil jang qila olsa, unda ular o‘zaro to‘qnash kelishadi. Agar Topuriya aprel yoki iyun oylarida u bilan jangni qabul qilmasa, men Getji bilan jang qilishni xohlayman. Aks holda, menda kutishdan boshqa chora qolmaydi. Men nima qila olaman? Chempionlik uchun o‘z imkoniyatimni kutishim kerak. O‘tgan yili menda shunday imkoniyat bor edi, ammo jang qila olmadim. Kutishim kerak, shunda menga bu imkoniyat beriladi. O‘ylaymanki, men Getji bilan jang qilaman, Topuriya esa Maxachev bilan jang qilish uchun yarim o‘rta vazn toifasiga ko‘tariladi. Bu shunchaki mening taxminim”, dedi Sarukyan.

AQSHning Las-Vegas shahrida o‘tkazilgan 2026-yilning ilk raqamli turniri — UFC 324 musobaqasining asosiy jangida UFC yengil vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun amerikalik Jastin Getji va angliyalik Peddi Pimblett o‘zaro bahs olib bordi.

Besh raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va unda Jastin Getji g‘alaba qozondi. Jang yakunida hakamlar 48:47, 49:46 va 49:46 hisoblarida 37 yoshli amerikalik jangchining ustunligini qayd etdi.

Shu tariqa, Getji navbatdagi jangini UFC yengil vazn toifasi chempioni, gruziyalik Iliya Topuriyaga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 15:13, 26.01.2026.
O'qildi: 459 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.