Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

“Bavariya” “CHelsi” himoyachisini qishda yoki yozda sotib oladi

“Bavariya” “CHelsi” himoyachisini qishda yoki yozda sotib oladi

Baho:
+ | -

Myunxenning “Bavariya” klubi “Chelsi” safida to‘p surayotgan 19 yoshli futbolchi Josh Achimpongni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. U ham himoyada, ham yarimhimoyada harakat qila oladi. Germaniya grandi kelajak uchun mudofaa chizig‘ini mustahkamlashni maqsad qilgan. Bu haqda Bavarian Football Works nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, “Bavariya” Achimpongni qo‘lga kiritish uchun 2026 yil yoziga qadar kutishga tayyor, biroq klub amaldagi transfer oynasi yakuniga qadar erta transferni amalga oshirish ehtimolini ham istisno etmayapti. Klub tarkibni kuchaytirish bo‘yicha joriy ehtiyojlar va uzoq muddatli rejalashtirish o‘rtasida eng maqbul vaqtni kutmoqda. Shu sababli, Myunxen klubi himoyachi uchun londonliklar talab qiladigan yirik miqdordagi taklifni yuborishga tayyor.

“Chelsi” esa yosh himoyachiga nisbatan o‘z pozisiyasini aniq belgilab qo‘ygan. Klub ichidagi manbalar Achimpongni saqlab qolish niyatida ekanini, uning salohiyati va jamoa mudofaasi uchun ahamiyatini yuqori baholayotganini ta’kidlamoqda.

Joriy mavsumda himoyachi Angliya Premyer Ligasida to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylangan. Transfermarkt portali Achimpongning transfer qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:06, 26.01.2026.
O'qildi: 1010 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик