Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/11 01:00 Barselona 3-0 Aston Villa
04/11 01:00 Feyenoord 0-3 Inter
04/11 01:00 Bude-Glimt 0-0 Lill
04/11 01:00 LASK 4-0 Slovan
04/11 01:00 Man. Yunayted 3-2 Roma
04/11 01:00 Vilyarreal 0-6 PSJ
04/11 01:00 Atletiko 0-2 Bavariya
04/11 15:00 Poxang Stilers 3-3 Gamba Osaka
04/11 15:15 Buriram Yunayted 0-0 Kashima Antlers
04/11 18:45 Arkadag‘ 1-0 Gol Gohar
04/11 21:00 Al-Vahda 1-2 Xolidiya
04/11 22:00 Kuvayt SK 2-3 Nasaf
04/11 22:45 AYEK 2-3 Real Madrid
04/11 22:45 Fenerbaxche 3-2 Liverpul
05/11 01:00 RB Leypsig 2-3 Manchester Siti
05/11 01:00 Slaviya 1-2 Arsenal
05/11 01:00 PSV 1-2 Bryugge
05/11 01:00 Borussiya D 2-1 Betis
05/11 01:00 Portu 4-1 Napoli
05/11 01:00 Lans 1-9 Komo
05/11 01:00 Viking 4-1 Sabah
05/11 18:30 Bunyodkor - Xorazm
06/11 18:30 So‘g‘diyona - Dinamo

«QMU Jayxun» 2026-yilni Proligada o‘tkazadi

Baho:
+ | -

2025-yilgi mavsumni Proligada o‘tkazgan «Jayxun» futbol klubi musobaqadagi ishtirokini davom ettiradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi «Jayxun» klubining kelgusi taqdiri masalasini muhokamaga qo‘yib, bu borada aniq reja ishlab chiqish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston futbol assosiasiyasiga topshiriq bergandi. Assosiasiya yakunda Qoraqalpoq Davlat Universiteti bilan muzokara o‘tkazdi va «Jayxun» futbol klubi faoliyatini universitet negizida davom ettirish masalasida kelishuvga erishdi.

O‘tgan vaqt ichida «Jayxun» futbol klubini Qoraqalpoq davlat universitetining sport klubiga o‘tkazish ishlari amalga oshirildi. Endilikda u «QMU Jayxun» nomi ostida Proligadagi ishtirokini davom ettiradi. Shuningdek, «QMU Jayxun» U19 jamoasi U19 chempionatida ishtirok etadi.

Assosiasiya va Liga bosqichma-bosqich Qoraqalpog‘iston futbolini rivojlantirish strategiyasini amalga tatbiq etib kelmoqda. O‘FA qoshidagi Qoraqalpog‘iston futbol maktabi endilikda «Aral» klubi bilan hamkorlikda ish olib boradi. Maktab tarbiyalanuvchilari «Aral» futbolchilari sifatida Liga ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Assosiasiya qoshidagi futbol akademiyasi esa Qoraqalpog‘iston FA sifatida Birinchi ligada to‘p tepadi.

«QMU Jayxun» esa universitet bilan hamkorlikda ish olib boradi. Bu o‘z navbatida qoraqalpog‘istonlik yosh futbolchilarning futbol sir-asrorlarini o‘rganishlari va professional futbolga qadar bo‘lgan mashaqqatli yo‘lni uzilishlarsiz bosib o‘tishlariga xizmat qiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:31, 26.01.2026.
O'qildi: 903 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик