"Milan" himoyachisi Teo Ernandes o‘tgan yozning yakunida jamoani tark etib, Saudiyaga ko‘chib o‘tdi va u yerda "Al-Hilol" bilan shartnoma imzoladi.
Ko‘rinishidan katta maosh olayotgan futbolchidan riyodlik muxlislar xursand emas: Teo yaqinda ochko yo‘qotilgan o‘yindan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda kechirim so‘rab, post qoldirgan edi.
Uning izohlarida muxlislar Teoning semirib ketganini va oldingidek yugurishdan to‘xtaganini yozishgan.













