Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Kazemiroga asosiy da’vogar jamoa nomi aytildi

Kazemiroga asosiy da’vogar jamoa nomi aytildi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kazemiro joriy mavsum yakunlanganidan keyin klubini o‘zgartiradi.

Braziliyalik futbolchining ketishi haqida yanvar oyida ma’lum bo‘lgan edi. Uning muddati tugayotgan shartnomasi uzaytirilmaydi — u erkin agentga aylanadi. Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra, Kazemironi o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini «Los-Andjeles Gelaksi» ko‘rib chiqmoqda. MLS klubi 33 yoshli xavbekni o‘zlarining ustuvor maqsadlaridan biri deb hisoblamoqda. Futbolchining o‘zi esa qaror qabul qilishga shoshilmayapti: u o‘z kelajagi borasida yozga yaqin bir to‘xtamga kelishi kutilmoqda. «Real Madrid»ning sobiq yulduziga, shuningdek, Saudiya Arabistoni, Braziliya va boshqa chempionatlar vakillari ham qiziqish bildirishmoqda.

Kazemiro «qizil iblislar»ning joriy mavsumdagi 23 ta o‘yinida beshta gol urdi va ikki marta jamoadoshlariga golli uzatma berdi.

Kiritildi: 13:09, 05.02.2026.
O'qildi: 826 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.