Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Turkiyada noqonuniy “stavkalar” ishi: 52 kishiga nisbatan ayblov e’lon qilindi

Turkiyada noqonuniy “stavkalar” ishi: 52 kishiga nisbatan ayblov e’lon qilindi

Baho:
+ | -

Istanbul Bosh prokuraturasi noqonuniy “stavkalar” va doping bilan bog‘liq ish doirasida 52 nafar gumonlanuvchiga nisbatan ayblov xulosasini tayyorladi. Ularning besh nafari hozirda qamoqda saqlanmoqda. Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, ayblov xulosasida gumonlanuvchilar futbol uchrashuvlariga noqonuniy tikishlar qo‘yish hamda doping bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanmoqda. Ayblanuvchilar orasida “Ankaraspor” klubi egasi Ahmet Okatan, klub prezidenti Mehmet Emin Katipo‘g‘lu, shuningdek “Nazillispor” prezidenti Shahin Kaya ham bor.

Hujjatda qayd etilishicha, gumonlanuvchilar natijasi oldindan kelishilgan sport musobaqalarini tashkil etishda ishtirok etgan. Bunda uchrashuvlar natijasi qo‘yilgan tikishlarga mos ravishda ataylab o‘zgartirilgan. Prokuratura ushbu shaxslarga sport musobaqalarida qatnashish va ularni tomosha qilishni taqiqlashni talab qilgan.

Mazkur ish bo‘yicha tergov 2025 yil oktyabr oyida boshlangan. O‘shanda 371 nafar futbol hakamida tikish hisoblari mavjudligi aniqlangan, ularning 152 nafari faol ravishda “stavkalar” qilgani ma’lum bo‘lgan. Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tintuvlar davomida 21 kishi qo‘lga olingan. Shuningdek, “Eyupspor” klubi prezidenti ham hibsga olingan.

Intizomiy choralar doirasida 149 nafar hakam 8 oydan 12 oygacha faoliyatdan chetlatilgan. Bundan tashqari, Turkiya futbol federasiyasi 124 nafar futbolchini intizom buzilishida ayblagan bo‘lib, ularning 102 nafari 45 kundan 12 oygacha diskvalifikasiya qilingan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:30, 05.02.2026.
O'qildi: 759 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик