Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rosenyor: «Chelsi» futbolchilarining hafsalasi pir bo‘ldi»

Rosenyor: «Chelsi» futbolchilarining hafsalasi pir bo‘ldi»

Baho:
+ | -

«Chelsi» Angliya liga kubogi yarim finalida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Arsenal»ga imkoniyatni boy berib (2:3, 0:1), musobaqani tark etdi. Jamoa bosh murabbiyi Liam Rosenyor ushbu muvaffaqiyatsizlik va futbolchilarning holati haqida gapirdi.

«Bu juda qattiq zarba bo‘ldi. Biz keyingi bosqichga chiqishimizga ishongandik. Kiyinish xonasida futbolchilar ruhan tushkun holatda edilar — va bu tabiiy. Jamoaning reaksiyasi to‘g‘ri bo‘ldi. Endi biz bor e’tiborimizni kelajakka qaratishimiz kerak.

Seshanba kuni o‘z uyida juda kuchli bo‘lgan jamoaga («Arsenal»ga) qarshi juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. O‘yin bizning foydamizga hal bo‘lishi ham mumkin edi. Biz hafsalamiz pir bo‘lganini yashirmaymiz, lekin endi diqqatimizni «Vulverxempton»ga qarshi bahsga qaratganmiz», — deya Rosenyorning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Hozirda «Chelsi» Premyer-liga turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 22:41, 05.02.2026.
O'qildi: 866 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик