Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Simeone Lukmanni e’tirof etdi

Simeone Lukmanni e’tirof etdi

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi yangi a’zosi Ademola Lukman jamoa safida yorqin debyut qildi. 28 yoshli hujumchi Ispaniya Kubogi 1/4 finalida "Betis"ning tor-mor etilishiga (5:0) o‘z hissasini qo‘shdi — uning hisobida bitta gol va bitta golli uzatma mavjud.

"Lukman bizning barcha o‘yinchilarimizdan farq qiladi, ayniqsa birga-bir vaziyatlarda u juda kuchli. Shuningdek, u jamoadoshlari bilan hamkorlikda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatadi. Uning fazilatlari bizga uni turli pozisiyalarda ishlatish imkonini beradi. Ademola o‘zini qulay his qilmoqda va umid qilamanki, biz unga yanada ko‘zga ko‘ringan futbolchi bo‘lishga yordam beramiz, u esa "Atletiko"ning jamoa sifatida o‘sishiga ko‘maklashadi", — dedi o‘yindan keyingi intervyuda jamoa ustozi Diyego Simeone.

Madridliklar Ademola Lukmanni fevral oyi boshida "Atalanta"dan 35 million yevro evaziga sotib olgan edi.

Kiritildi: 07:55, 06.02.2026.
O'qildi: 495 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик