Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Ronaldu isyoni: Boshqaruv o‘zgarmaguncha maydonga tushmayman!

Ronaldu isyoni: Boshqaruv o‘zgarmaguncha maydonga tushmayman!

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu maydonga qaytish niyatida emas. Payshanba kuni o‘zining 41 yoshini nishonlagan portugaliyalik futbolchi jamoa o‘yinlarini boykot qilishda davom etmoqda. Al Nassr Zone nashrining Saudiya OAVlariga tayanib xabar berishicha, forvard klub rahbariyatiga "samarasiz boshqaruv" bilan bog‘liq vaziyat hal etilmagunga qadar chempionat bahslarida ishtirok etmasligini ma’lum qilgan.

Avvalroq turli manbalar Krishtianu Ronalduning yozgi transfer oynasida "An-Nasr"dan ketishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqatgan edi. Faoliyatini davom ettirish uchun eng ehtimoliy variantlar sifatida Yevropaning yetakchi chempionatlaridan biriga qaytish yoki MLSga ko‘chib o‘tish tilga olinmoqda.

Kiritildi: 08:13, 06.02.2026.
O'qildi: 2797 marta.
Fikrlar: 34 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик