Kirish Ro'yxatdan o'tish

Modrich may oyida qaror qabul qiladi

Modrich may oyida qaror qabul qiladi

Baho:
+ | -

Xorvatiyalik afsonaviy yarim himoyachi Luka Modrich faoliyatini davom ettirish borasidagi yakuniy qarorini mavsum so‘nggida qabul qiladi. Hozirda uning bor e’tibori "Milan" bilan A Seriya chempionligini qo‘lga kiritishga qaratilgan.

"Modrichning shartnomasi iyun oyida tugaydi. Uni uzaytirish varianti mavjud. Ammo hozircha u bor e’tiborini bugungi kunga qaratgan. U "Milan" bilan biror sovrin yutishni va shundan so‘ng yaqin kelajagi haqida xotirjam o‘ylab ko‘rishni istaydi", — deya Morettoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda pianetamilan.it.

Eslatib o‘tamiz, hozirda "Milan" Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam "Inter"dan besh ochko ortda qolmoqda. Boshqa turnirlarda klub o‘z ishtirokini yakunlagan.

Kiritildi: 08:18, 06.02.2026.
O'qildi: 579 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик