Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sky Sports: Rahim Sterling uchun APL eshiklari yopildi

Sky Sports: Rahim Sterling uchun APL eshiklari yopildi

Baho:
+ | -

«Chelsi» sobiq vingeri Rahim Sterling katta ehtimol bilan APLning joriy mavsumida boshqa maydonga tushmaydi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Erkin agentga aylangan futbolchi Angliya chempionatining yakuniy qismi uchun tarkibni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati tugagunga qadar biror jamoaga o‘tishga ulgurmadi.

Klublarda 26 martga qadar erkin agentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati hali bor, biroq buning uchun qaydnomada futbolchilar soni 25 nafardan kam bo‘lishi shart. Ayni damda APLda bunday imkoniyatga ega klublar mavjud emas.

Joriy mavsumda 31 yoshli Sterling hali biror marta maydonda ko‘rinish bergani yo‘q. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:26, 06.02.2026.
O'qildi: 900 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик