Kirish Ro'yxatdan o'tish

"MYU" sardori Fernandesh Palmerning xet-trigiga munosabat bildirdi

"MYU" sardori Fernandesh Palmerning xet-trigiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh Angliya Premyer-ligasi doirasidagi "Chelsi" va "Vulverxempton" o‘rtasidagi o‘yinda Koul Palmer tomonidan qayd etilgan xet-trikka munosabat bildirdi.

Ingliz futbolchisi shanba kungi bahsning 13 va 35-daqiqalarida penaltilarni aniq amalga oshirdi, 38-daqiqada esa o‘yindan gol urib, o‘z hisobiga xet-trikni yozib qo‘ydi. Uchrashuv yakunlanganidan so‘ng, 23 yoshli o‘yinchi ijtimoiy tarmoqlarda o‘z muvaffaqiyatiga bag‘ishlangan post qoldirdi. Fernandesh esa ushbu nashr ostida iqtibos qoldirdi: "Qanday o‘yinchi!" – deya yozib qoldirdi portugaliyalik futbolchi.

Koul Palmerning uchta goli "Chelsi"ga "bo‘rilar" ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonish uchun kifoya qildi. O‘yindan keyingi intervyusida "ko‘klar" yarim himoyachisi jarohatlar bilan bog‘liq muammolardan so‘ng hali hamon optimal formasiga kirib ulgurmaganini tan oldi.

Kiritildi: 08:01, 08.02.2026.
O'qildi: 1222 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик