Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Peres — «Bavariya» prezidentiga: «Oliseni menga sotishingizga to‘g‘ri keladi»

Peres — «Bavariya» prezidentiga: «Oliseni menga sotishingizga to‘g‘ri keladi»

Baho:
+2 | -2

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres «Bavariya» vingeri Maykl Olisening shov-shuvli transferini amalga oshirishni orzu qilmoqda.

Jurnalist Xosep Pedrerol qiziqarli voqea haqida gapirib berdi: «qaymoqranglilar» muxlisi «Bavariya» rahbari Gerbert Xaynerning ko‘z o‘nggida Peresdan Oliseni sotib olishni so‘ragan. Florentino o‘zini yo‘qotib qo‘ymay, myunxenliklar prezidentiga o‘girilgan va shu zahoti: «Buni eshitdingizmi? Dahshatli bosim, shunday emasmi? Ertami-kechmi uni menga sotishingizga to‘g‘ri keladi», — degan.

«Bavariya»da Maykl Olise hech qanday pulga sotilmasligini bir necha bor ta’kidlashgan. Mish-mishlarga ko‘ra, «Real» Fransiya terma jamoasining 24 yoshli yulduzi uchun 200 million yevrodan ko‘proq mablag‘ taklif qilishga tayyor.

Kiritildi: 07:48, 02.07.2026.
O'qildi: 3924 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик