Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

«Superkubok qo‘lga kiritildi, navbat boshqalariga»: Laporta jamoaning istiqbollarini yuqori baholadi

«Superkubok qo‘lga kiritildi, navbat boshqalariga»: Laporta jamoaning istiqbollarini yuqori baholadi

Baho:
+ | -

«Barselona» prezidenti Joan Laporta kataloniyaliklarning joriy mavsumda yirik sovrinlarni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida gapirdi.

«Men juda optimistik ruhdaman va hozirda hamma narsa to‘g‘ri qilinyapti deb hisoblayman. Bizda allaqachon bitta sovrin — Superkubok bor, chempionatda birinchi o‘rinda ketyapmiz, Kubokda yarim finalga yo‘l oldik va Chempionlar Ligasida Yevropaning eng kuchli sakkizta jamoasi qatoriga kirdik.

Shuningdek, biz egasi bo‘lmagan, ammo 140 000 nafar a’zo-mulkdorlariga ega yagona klubmiz. O‘tgan mavsumning o‘zida 10 000 kishi klub a’zoligiga qabul qilindi, bu esa klubning tirik ekanini isbotlaydi. Bugungi kunda biz yirik titullarni qo‘lga kiritish uchun real da’vogarmiz», — dedi Laporta.

Kiritildi: 00:52, 09.02.2026.
O'qildi: 1228 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик