Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Tottenxem» Igor Tudor oldiga qo‘yilgan asosiy vazifani ochiqladi

«Tottenxem» Igor Tudor oldiga qo‘yilgan asosiy vazifani ochiqladi

Baho:
+ | -

«Tottenxem»ning yangi bosh murabbiyi Igor Tudor bo‘ldi. Xorvatiyalik mutaxassis London klubi bilan mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. «Shporlar» hatto Tudorning oldiga qo‘yilgan vazifani ham ma’lum qilishdi.

«Uning vazifasi aniq — mavsumning hal qiluvchi pallasida jamoaga tashkilotchilik, shiddat va raqobatbardoshlikni olib kirish», — deyiladi London klubi rasmiy saytida.

Premyer-liganing o‘tgan turida «Tottenxem» o‘z maydonida «Nyukasl»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ertasi kuni London klubi Tomas Frankning iste’foga chiqarilganini e’lon qildi. Hozirda «shporlar» chempionat turnir jadvalida atigi 16-o‘rinni egallab turishibdi.

«Tottenxem» navbatdagi o‘yinini 22 fevral kuni «Arsenal»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 17:45, 14.02.2026.
O'qildi: 362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.