Xulian Alvares Madridning «Atletiko» klubi safida Chempionlar Ligasining 18 ta o‘yinida 12 ta gol urdi.
Argentinalik hujumchi «Bryugge»ga qarshi kechgan birinchi pley-off o‘yinida (3:3) o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.
Alvares klubning ushbu turnirdagi butun tarixi davomida har bir o‘yindagi gol urish ko‘rsatkichi bo‘yicha (0,67) «Atletiko»ning barcha futbolchilari orasida eng yaxshi natijani qayd etmoqda.













