Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

“CHiroyli g‘alabaga tayyorman” — Bektemir Meliqo‘ziyev ganalik raqibga qarshi jang haqida

“CHiroyli g‘alabaga tayyorman” — Bektemir Meliqo‘ziyev ganalik raqibga qarshi jang haqida

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev Sena Agbekoga qarshi jang oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

“Avvalambor, ushbu boks kechasida menga jang qilish imkoniyati berilganidan juda xursandman. Oldinda turgan bellashuvga murabbiylarimiz va jamoamiz bilan yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Xudo xohlasa, chiroyli g‘alabaga erishib, barcha muxlislarimizni, butun o‘zbek xalqini xursand qilishga tayyorman. Raqibning men haqimda bildirgan fikrlariga munosabatim shuki, kim kuchliroq ekani ringda ko‘rinadi, deydi Meliqo‘ziyev”.

O‘zbekistonlik bokschining raqibi “bezori” (Meliqo‘ziyevning professional boksdagi laqabi — Bek Bully)jangchini bezorilik bilan mag‘lub etishini ta’kidlagan edi.

Ma’lumot uchun, Bektemir Meliqo‘ziyev 2026 yil 22 fevral kuni tongda AQSHning Las Vegas shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomining asosiy kardida ringga chiqadi. Ushbu jangda unga Gana vakili Sena Agbeko (29–4) raqib bo‘ladi.

Oqshomning markaziy jangi yarim o‘rta vazn toifasida WBC chempioni Mario Barrios va sobiq jahon chempioni Rayan Garcia o‘rtasida o‘tkaziladi.

Bektemir Meliqo‘ziyev so‘nggi bor 2025 yil 25 may kuni WBA Eliminator kamari uchun amerikalik Daryus Fulghemga qarshi ringga ko‘tarilgan. 12 raundlik jang to‘liq davom etib, unda Meliqo‘ziyev ochkolar hisobiga ko‘ra (114–112, 114–112, 114–112) g‘alaba qozongan.

Ayni paytda Bektemir Meliqo‘ziyev WBA yo‘nalishi bo‘yicha chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar hisoblanadi. Biroq tashkilot hozircha uning WBA Super chempionlik kamari sohibi Armando Resendizga qarshi jangiga rasmiy buyruq bermagan.

29 yoshli Meliqo‘ziyev professional faoliyati davomida hozirga qadar 17 ta jang o‘tkazib, 16 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U 10 ta jangda raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan. 33 yoshli Sena Agbeko hisobida esa 29 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat mavjud.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:26, 20.02.2026.
O'qildi: 230 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.