Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«U o‘z futbolini tatbiq etmoqda»: Van de Ven «Tottenxem»dagi o‘zgarishlar va derbidagi mag‘lubiyat sabablarini aytdi

«U o‘z futbolini tatbiq etmoqda»: Van de Ven «Tottenxem»dagi o‘zgarishlar va derbidagi mag‘lubiyat sabablarini aytdi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» himoyachisi Mikki van de Ven Londonning «Arsenal» klubiga qarshi kechgan uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi. APLning 27-turidan o‘rin olgan bahs «kanonirlar»ning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Menimcha, «Arsenal» umumiy olib qaraganda kuchliroq jamoa edi. Birinchi bo‘limda hisob 1:1 bo‘lib turgan paytda biz hali o‘yinda edik. Keyin ular ikkinchi golni urishdi va shundan so‘ng juda qiyin bo‘lib qoldi. Raqiblar bizga qaraganda ancha ko‘p vaziyatlar yaratishdi», — deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports.

Yangi murabbiy Tudor haqida:

«U butun hafta davomida biz bilan birga bo‘ldi va o‘z futbolini tatbiq etishga harakat qildi. Biz buning ustida ishladik. Bu uning birinchi haftasi edi, u bizga har tomonlama yordam berishni istayapti. Endi oldinga intilishimiz va «Fulxem»ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak».

«Tottenxem» APL turnir jadvalida 29 ochko bilan o‘n oltinchi o‘rinda bormoqda. «Arsenal» esa 61 ochko bilan birinchi o‘rinda.

Kiritildi: 05:46, 23.02.2026.
O'qildi: 757 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик