Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Fonseka: "Biz super jamoa emasmiz"

Fonseka: "Biz super jamoa emasmiz"

Baho:
+ | -

"Lion" bosh murabbiyi Paulu Fonseka "Strasbur"dan uchralgan mag‘lubiyat (1:3) va 13 ta uchrashuvdan iborat g‘alabali seriya haqida fikr bildirdi.

- Sizni ko‘proq nima ko‘proq xafa qiladi: seriyangizning tugashi yoki mag‘lubiyatmi?

- Rekordlar muhim emas. Eng muhimi - bu har doim uch ochko. Biz o‘zimizdan kuchliroq jamoaga qarshi o‘ynadik va ular g‘alabaga haqli edilar. Hammasi oddiy! Ularda ko‘proq shiddat, ko‘proq energiya, ko‘proq tajovuzkorlik bor edi. Xuddi shunday. Biz halol bo‘lishimiz kerak. "Strasburg"ni tabriklaymiz. Ular g‘alaba qozonishlari kerak edi va ular kuchliroq edilar.

- O‘yinning boshlanishini qanday izohlaysiz?

- Bizga tajovuzkorlik yetishmasdi. "Strasbur" juda shiddatli. Bizda bu narsa yo‘q edi. Bu esa yaxshi o‘yin uchun juda muhim. Faqat birinchi goldan keyin (37 daqiqa) reaksiya bildirdik. Bu muammo. Bizga teranlik yetishmasdi. Bu jismoniy muammo emas edi. Balki biz juda bo‘shashib ketgandirmiz.

Dastlabki daqiqalar juda qiyin kechdi, chunki himoyamiz va yarimhimoyamiz o‘rtasida bo‘shliq ko‘p edi, dedi Fonseka.

Kiritildi: 14:59, 23.02.2026.
O'qildi: 723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик