Kirish Ro'yxatdan o'tish

Din Xyoysen irqchilik memini repost qilgani uchun uzr so‘radi

Din Xyoysen irqchilik memini repost qilgani uchun uzr so‘radi

Baho:
+ | -

«Real» himoyachisi Din Xyoysen osiyolik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari irqchilik deb baholagan memni repost qilgani uchun uzr so‘radi.

20 yoshli futbolchi o‘z sahifasida osiyolik shaxsning surati va internet foydalanuvchilarining ikkita sharhi tushirilgan skrinshotni ulashgan. Sharhlarda «hatto xitoyliklar ham uni xitoylik deb atashmoqda» va «uning ko‘zlarini tish ipi bilan bog‘lab qo‘ysa bo‘ladi» degan so‘zlar yozilgan edi. Keyinroq ispaniyalik futbolchi ushbu postni o‘chirib tashladi.

«Men xitoylik do‘stlarimdan chin qalbdan uzr so‘rayman. Avvalroq men bilmasdan haqoratli mazmundagi kontentni ulashgan edim.

Bu mutlaqo tasodifan sodir bo‘ldi va sizlarda salbiy hissiyotlar uyg‘otganimdan afsusdaman», – deyiladi Xyoysenning «Real» klubi Xitoyning Weibo platformasida e’lon qilgan bayonotida.

Kiritildi: 16:30, 23.02.2026.
O'qildi: 898 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик